“Xaus” badiiy filmi suratga olinmoqda
Hozirda “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan ssenariy mualliflari Sh.Subhonov, H.Jomonqulov va postanovkachi rejissyor J.Narziqulovning “Xaus” toʻliq metrajli badiiy filmi tasvirga olinmoqda.
Film davomida bugungi kunda avj olib borayotgan axborot hurujining yoshlar ongiga taʼsiri, ijtimoiy tarmoqlardan yaxshi maqsadlarda foydalanishi lozimligi toʻgʻrisida hikoya qilinadi.
Unda “Tiktok” ijtimoiy tarmogʻida ayanchli videotasvirlarni tomosha qilgan oʻsmirning oxir oqibat oʻlim bilan yakunlangan hayoti aks ettirilgan. Oʻsmir “Tiktok”dagi oʻlim bilan bogʻliq holatni oʻzi sinab koʻradi va natijada halok boʻladi.
Kinofilm qahramonining onasi bevaqt vafot etgan oʻgʻlining xunini olish uchun “tiktochi”larni izlab shaharga keladi. Mazkur film kulminasyasida esa oʻsmirning oʻlimiga asosiy sabab “tiktokchi”lar emas, balki tarbiya ekanligi yanada ayon boʻladi.
Mazkur filmning premyerasi dekabr oyi oʻrtalarida oʻtkazilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring