Rasman: Xanchjou — 2022 Paraosiyo oʻyinlari ham qoldirildi

Xanchjou — 2022 Para Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi (HAPGOC) va Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi (APC) bugun joriy yil 9-15-oktyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejadashtirilgan Para Osiyo oʻyinlarining boshqa muddatga koʻchirilganini eʼlon qildi. Bu haqda APC rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bu eʼlon Osiyo Olimpiya Kengashi va tashkiliy qoʻmita (HAPGOC) tomonidan Xitoyda Covid-19 pandemiyasi bilan bogʻliq noxush vaziyatning davom etayotgani tufayli Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarini keyinga qoldirish toʻgʻrisida qabul qilingan qaroridan soʻng eʼlon qilindi.
APC, Xitoy Paralimpiya qoʻmitasi va HAPGOCdan tashkil topgan ishchi guruh endi 2023-yilda boʻlib oʻtadigan Oʻyinlarni qayta rejalashtirish ustida ish olib boradi. Yaqin kelajakda bu haqda qoʻshimcha maʼlumotlar eʼlon qilinishi kutilmoqda. Taʼkidlash kerakki, oʻyinlarning ramzi, shiori va yili oʻzgarishsiz qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring