Xalqimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarimiz bir daqiqa ham toʻxtamaydi — Shavkat Mirziyoyev
Yurtimizda ijtimoiy himoya siyosatining butunlay yangi modeli yaratilgani taʼkidlandi.
Bu tizim xonadonlargacha kirib borgani, ehtiyojmand aholi bilan individual ishlash yoʻlga qoʻyilgani, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilgani barcha uchun teng imkoniyat yaratilgan inklyuziv jamiyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
“Yurtimizda begona odam ham, begona bola ham yoʻq. Barchamiz yagona yurt farzandlarimiz, yagona Vatan ravnaqiga xizmat qilamiz. Shu maʼnoda, bitta boʻlsa ham qiyin ahvolga tushib qolgan hamyurtimiz taqdiri barchamizni birdek tashvishga solishi kerak. Chunki xalqimizning eng katta qudrati – mehr-oqibat, saxovat va birdamlikdadir”, – dedi Prezident.
Umuman, bu yilning oʻzida yordamga muhtoj aholini ijtimoiy himoya qilishga 19 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.
Bularning barchasi oʻz samarasini berib, yurtimizda kambagʻallik darajasini 6,8 foizga tushirishga erishildi. Xalqaro tashkilotlar besh-olti yil oldin ushbu raqamni 35 foiz atrofida baholaganini hisobga olsak, qisqa davrda bu borada qanday katta yoʻlni bosib oʻtganimiz yaqqol ayon boʻladi.
“Biz tadbirkorlikni rivojlantirish, keksalar, xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlarimizga yangi shiddat beramiz. Xalqimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarimiz bir daqiqa ham toʻxtamaydi”, – dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring