Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi tashkil etiladi
Joriy yilning 20-noyabr kuni Prezidentning “Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–350-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi (Akademiya) faoliyatining maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi. Jumladan:
• dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan taʼlim tashkiloti bilan hamkorlik oʻrnatish va mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
• 1 oygacha boʻlgan malaka oshirish hamda 8 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish.
Mazkur akademiya “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tuzilmasiga kiradi. Muassasada oʻqitish Oʻzbekistonda amaldagi taʼlim shakllarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
2025-yil 1-dekabrdan:
• turizm sohasi subyektlari mutaxassislari shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.
• har yili Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarida taʼlim olish uchun maxsus grant ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring