Xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi Litvada qoʻlga olindi
Litva davlatidan Interpol qidiruvida boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasiga Jinoyat kodeksining 168-moddasida koʻzda tutilgan firibgarlikni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Litva hududida ekanligi aniqlandi. U oʻsha yerda qoʻlga olinib, ekstraditsiya tekshiruvi uchun qamoqqa olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgandan soʻng esa Litva tomoni jinoyatchini ekstraditsiya qilish va uni sodir etgan jinoyati uchun jazo tayinlash maqsadida topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda boʻlgan shaxs Interpol Milliy Markaziy Byurosining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakillari tomonidan respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirilgan.
Avvalroq Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkent shahrida qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring