Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkentda ushlandi
Videodan kadr
Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkent shahrida qoʻlga olindi. Bu haqda “Politsia.kz” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Jambil viloyati politsiya boshqarmasining topshirigʻi asosida va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari koʻmagida, Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Taraz shahrida yashovchi 22 yoshli yigit qoʻlga olingan. Maʼlum boʻlishicha, u 2022-yil oxirida tanishining ishonchiga kirib, jami 24 million tenge (taxminan 612 million soʻm)dan ziyod qiymatga ega 4 ta avtomobilni oʻzlashtirib, keyinchalik ularni uchinchi shaxslarga sotib yuborgan.
Bundan tashqari, Olmaota shahrida Turkiston viloyatida yashovchi ikki nafar mahalliy fuqaro qoʻlga olingan. Ular Arys tumanida boshqa bir fuqarodan jismoniy kuch ishlatish yoʻli bilan 3,4 million tenge (taxminan 86,7 million soʻm) pul va bitta avtomobilni tortib olganlikda gumon qilinmoqda.
Xabarda keltirilishicha, 2025-yilning may oyida Qozogʻiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan jinoiy javobgarlikdan yashirinayotgan 140 dan ortiq fuqaro aniqlanib, qoʻlga olingan. Aniqlik kiritilishicha, qidiruvda boʻlganlarning sakkiz nafari xorijiy davlatlarda ushlangan.
Mamlakat IIV vakillarining taʼkidlashicha, jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish va hibsga olish ishlarini faol olib bormoqda. va vaziyat vazirlik nazoratida turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring