Xalqaro mental arifmetika musobaqasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar “Grand Champion” va “Champion” kuboklarini qoʻlga kiritishdi
Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmanov Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro mental arifmetika musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan oʻzbekistonlik oʻquvchilar bilan uchrashdi.
Mazkur xalqaro tanlovda dunyoning 40 mamlakatidan saralash bosqichi natijasi oʻlaroq, 15 mamlakatdan 5 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan “ALOHA Mental Arithmetic” matematika maktablarining 700 nafardan ortiq oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Oʻzbekistonlik 33 nafar oʻquvchi Indoneziya, Kanada, Meksika, Xitoy, Xorvatiya, Ekvador, Hindistondan kelgan bolalar bilan matematika boʻyicha oʻzaro kuch sinashib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Musobaqa ishtirokchilaridan turli murakkablik darajasidagi matematika hisob-kitoblarini yuqori tezlikda amalga oshirish talab etildi. Natijada Oʻzbekistonning barcha vakillari sovrinli oʻrinlarga sazovor boʻlishdi. Xususan, 14 nafar oʻquvchimiz “Grand Champion”, 6 nafari “Champion” kubogini qoʻlga kiritdi. Mamlakatimiz vakillari hammasi boʻlib 6 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring