Xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi

11:00 18 Fevral 2020 Siyosat
1071 0

Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.

Poytaxtimizdagi Hilton anjumanlar markazida Oliy Majlis Senati, “Yuksalish“ umummilliy harakati hamda Konrad Adenauer fondi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi. Tadbir Oʻzbekistonda davlat qurilishining yangi bosqichi, demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyat vakillik organlaring rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan.

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva chiqish qilib, jamiyatimizda yangilanish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarda jamoatchilik oʻrni va ahamiyati yuksalib borishi lozimligini taʼkidladi. Bu borada “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori“ degan gʻoya kundalik hayotimizga kirib borishi kerak, deb soʻzladi oʻz nutqida T. Narbayeva.

Anjuman ishi davom etmoqda.

Munisxon Karimova, onlayn

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?