Xalqaro forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Tatariston Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasidagi ushbu uchrashuvda ikki respublika oʻrtasidagi hamkorlik yoʻllari muhokama qilindi.
— Ikki mamlakat oʻrtasida yaxshi surʼatlar kuzatilmoqda. Milliy yetakchingiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlik aloqalarimizni rivojlantirishga juda faol hissa qoʻshmoqda, — dedi Minnixonov. Shuningdek, Oʻzbekistonda iqtidorli yoshlar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida mamlakatimiz ilm-fanida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, — dedi vazir I. Abdurahmonov. — Ayni paytda mamlakatimiz ilm-fanining salohiyatidan toʻliq foydalanish va zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ilmiy ishlanmalarni transfer va tijoratlashtirish orqali jahon bozoriga chiqishni taʼminlash asosiy vazifalarimizdan.
Shu bilan birga, tomonlar ikki davlat oʻrtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, bu boradagi mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarni muhokama etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring