Xalqaro festival: Raʼno Shodiyeva “Eng yaxshi ayol obrazi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Shodiyeva Hindistonning Mumbay shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlarning badiiy va televizion filmlari festivali (NFDC)ning “Eng yaxshi ayol obrazi” nominatsiyasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, “Central Asian Trade Company” (CATC) hamda “Dilshoh media” kinostudiyalari hamkorligida suratga olingan “Ayol qismati” badiiy filmi hayotda sodir boʻlgan real voqeliklarga asoslangan.
Kinokartina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga koʻra 2019-2020-yillarda amalga oshirilgan insonparvarlikning eng oliy namunasi boʻlmish “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan yuzlab ayollardan biri — Sojidaning ayanchli taqdirini juda taʼsirli tarzda ekranda gavdalantirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring