Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yoʻl
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
2025-yil 24-aprel kuni Oliy Majlis Senatida “Tinchlik uchun xalqaro koʻp tomonlama munosabatlar va diplomatiya kuni”ga bagʻishlangan “Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yoʻl” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda parlament yuqori palatasi aʼzolari, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar tinchlikni saqlash va mojarolarni hal etishda muloqot va muzokaralarning oʻrni, xususan, xalq diplomatiyasining ahamiyati haqida fikr almashdilar. Nizolarni kuch bilan hal qilish, zoʻravonlik va inson qurbonlariga olib keladigan yoʻllar oʻrniga, tinch yoʻl bilan yechim topishning ustuvorligi taʼkidlandi.
Talabalar ham seminar doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar diplomatiyasi va madaniy almashinuv mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan qator tashabbus va takliflar bilan chiqish qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Oliy Majlis Senatining faoliyati va uning tinchlik, barqarorlik hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring