Xabi Alonsoni isteʼfoga chiqargan “Real Madrid” quyi divizion vakiliga yutqazdi

07:30 14 Yanvar 2026 Sport
80 0

Kecha, 14-yanvar kuni Ispaniya kubogi musobaqasining nim chorak final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Madridning “Real” klubi Ispaniya Segundasida 17-oʻrinni egallab turgan “Albasete” jamoasi mehmoni boʻldi.

Uchrashuv 3:2 hisobida quyi divizion vakilining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Betankor (2 ta) va Vilyar mualliflik qildi. “Qirollik klubi”ning javob gollari esa Mastantuono va Gonzalo Garsiya hisobiga yozildi.

Shu tariqa “Real Madrid” klubi Ispaniya kubogidagi ishtirokini nim chorak final bosqichida yakunladi.

“Albasete” klubi esa endi musobaqaning chorak finalida “Atletiko Madrid” bilan kuch sinashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?