Kelajak maktab ostonasidan boshlanadi
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Guliston tumanining Baxmal mahallasidagi 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining bundan 25-yilcha muqaddam barpo etilgan binosi 192 oʻquvchiga moʻljallangan edi. Oʻtgan yillar mobaynida aholi koʻpayib, oʻquvchilar soni ham qariyb ikki baravarga oshdi. Yangi yilning dastlabki kunlarida foydalanishga topshirilgan mazkur maktabning 120 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi ayni ushbu talabga muvofiq barpo etildi.
Mazkur bino investitsiya dasturi doirasida 1 milliard 470 million soʻm hisobiga qurildi. Unda oʻquvchilarning chuqur bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
— Oʻtgan yili 1 ta yangi maktab qurilishi boshlangan boʻlsa, 14 ta umumtaʼlim maskani binolari rekonstruksiya qilindi. Shundan 2 ta maktab mukammal taʼmirlandi, — deydi Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Rustam Eshonqulov. — Bu yil jami 9 ta maktabda rekonstruksiya ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Sardoba tumanidagi Qoʻyitosh mahallasida yana bir yangi maktab quriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring