Keksalarda suyak sinishi xavfini oshiruvchi omil aniqlandi

21:26 28 Iyul 2024 Ilm-fan
461 0

Tibbiyot xodimlari qon bosimini tushiruvchi dorilarni qabul qilayotgan keksa odamlarga koʻproq eʼtibor berish lozimligini tan olishdi. Chunki yangi tadqiqot yoshi ulugʻ insonlar bu borada davolanishni boshlaganidan keyin ularda yiqilish bilan bogʻliq sinish ehtimoli ikki baravar oshishini aniqladi.

Tezda tik oyoqqa turganda birdan bosh aylanishidek yoqimsiz holat koʻpchiligimizga tanish. Lekin keksalarda bosh aylanishining nojoʻya taʼsirining oldi olinmasa, tuzatib boʻlmaydigan asoratlarga olib kelishi mumkin. Keksa yoshda yiqilib, masalan son suyagining sinishi holatlarining deyarli yarmi 12 oy ichida erta oʻlimga olib keladigan bir qator salomatlik bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi.

30 ming nafarga yaqin keksalar ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqotda olimlar odatiy qon bosimini tushiradigan dori vositalari vaqtinchalik past qon bosimi xuruji tufayli toʻsatdan bosh aylanishini keltirib chiqarishi, bu esa shundoq ham muvozanat bilan bogʻliq muammolari boʻlgan yoshi ulugʻ insonlarda yiqilish va jiddiy jarohatlar olish xavfini yanada oshirishini aniqladi.

Bunday dorilarni qabul qilishni boshlagandan keyin 30 kun ichida son, tos, yelka, qoʻl suyagi singan 29 648 nafar keksa bemorlardan olingan maʼlumotlarni baholagan tadqiqotchilar, qon bosimini tushirishni boshlashdan keyingi 30 kunlik sinish xavfini potensial kovariatlarga oʻzgartirgandan soʻng yiliga 100 kishiga 5,4 ni tashkil etganini aniqladilar. Dorilarni qabul qilmaydiganlar uchun xavf ikki baravar kamayib, koʻrsatkich yiliga 2,2 kishiga tushdi.

Demensiya yoki yuqori sistolik qon bosimi boʻlgan odamlarda ham yiqilish xavfi yuqori, ammo eng yaxshi natijalar qon bosimini tushiruvchi vositalarni yaqin orada qabul qilmagan bemorlarda kuzatildi.

Tadqiqot «Journal of the American Medical Association» jurnalida chop etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер