Kattaqoʻrgʻonda yangi sport majmualari foydalanishga topshirildi
Kattaqoʻrgʻon shahridagi sport maktabi hududida sunʼiy qoplamali maydonchani barpo etish loyihasi “Tashabbusli byudjet”ning joriy yil 1-mavsumida gʻolib deb topilgandi. Natijada 25x50 metr oʻlchamdagi futbol maydonchasida yoshlar va mahalla aholisining sport bilan shugʻullanishi uchun barcha shart-sharoit yaratildi.
Ushbu loyiha mablagʻlari hisobidan sport maktabining “Haydarchaman” mahallasi hududida joylashgan 65x105 oʻlchamdagi stadioni tribunasi ustki qismi yopilib, yangi oʻrindiqlar ham oʻrnatildi.


Bundan tashqari, sport maktabining “Konchilar oʻyingohi”da 12x24 metrlik oʻlchamdagi, yengil konstruksiyali yangidan barpo etilgan sport zali ham foydalanishga topshirildi.
Yangi sport obyektlarini tantanali topshirish marosimida Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Gavhar Alimova, soha masʼullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda yangi ochilgan sport majmualari aholi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring