Kaspiy dengizi qirgʻogʻida 112 ta tyulenning jasadi topildi
Arxiv foto
Qozogʻiston hududidagi Kaspiy dengizi qirgʻogʻida 100 dan ortiq tyulen jasadi topildi. Bu haqda Mangʻistov viloyati Ekologiya departamenti xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, departament xodimlari Tupkaragan tumani qirgʻoq chizigʻini kuzatish paytida hayot alomatlari yoʻq boʻlgan 112 ta tyulenning jasadlarini topishgan.
Ayni paytda mutaxassislar hodisa sababini oʻrganishmoqdalar. Shu maqsadda voqea joyidan dengiz suvidan namunalar olingan.
Shu yilning 8-sentyabr kuni “Daily Mail” gazetasi Buyuk Britaniyaning Pembrey qishlogʻidagi plyajda nomaʼlum dengiz jonzotining ulkan jasadi topilganini xabar qilgan edi. Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, u 3-sentyabr kechasi qirgʻoqqa chiqib qolgan. Ular kitga tegishli deb taxmin qilinmoqda. Nashr mahalliy aholi va dam oluvchilar topilmaning kattaligidan hayratda qolganini taʼkidladi. Ayni paytda, dengiz biologlari tekshiruv olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring