Karmanada hunarmandchilik bozori tashkil etildi
Qadim Karmana oʻz milliy hunarmandchilik maktabiga ega hududlardan biri hisoblanadi. Tumanning “Sardoba” MFY hududida joylashgan “Raboti Malik Sardobasi” va “Raboti Malik” karvonsaroylaridan topilgan xalq hunarmandchiligi namunalari xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlaridan hikoya qiladi.
Aynan mazkur goʻshalarda Navoiy viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tuman hokimligi va tuman prokuraturasi amaliy koʻmagida hunarmandchilik bozori tashkil etildi.
Taʼkidlash joiz, ushbu maskanlar Samarqandda Buxoroga yoʻl olgan yoki ortga qaytayotgan xorijlik sayyohlar bir muddat toʻxtab oʻtadigan manzil hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur bozorning tashkil etilishi tumandagi yosh hunarmandlar qoʻli bilan yaratilgan mahsulotlarining xorijdan tashrif buyuruvchi mehmonlarga taqdim etilishi hamda viloyatda turizmining yana-da rivojlanishi imkoniyatini kengaytirishi shubhasiz.
Temur ESHBOYEV,
(Xalq soʻzi).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring