Karim Benzema uchun yaxshi yangilik. Jamoaga yangi murabbiy keldi
Foto: metaratings.by
“Milan” klubining sobiq bosh murabbiyi Stefano Pioli Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” klubiga oʻtdi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano maʼlum qildi.
Pioli “Al Ittihod” rahbariyati tomonidan “haydab yuborilgan” Marselo Galyardoning oʻrnini egallaydi. U klub bilan 3-yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Yangi kelishuv Piolining daromadini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Stefano Pioli yaxshi murabbiylik karyerasiga ega boʻlib, eʼtiborga molik yutuqlarni qoʻlga kiritgan. U 2020-2021-yilgi mavsumda “Milan”ni A Seriya chempioniga aylantirgandi. Saudiya Arabistoni klubi aynan shunday ishni Piolidan yana qilishini kutmoqda. U “Al Ittihod”ga yangi darajadagi oʻyin uslubini qoʻshishi mumkin.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, “Al Ittihod”da Benzema va Kante kabi mashhur yulduzlar toʻp suradi.
Sobiq “Real Madrid” futbolchisi Benzema Marselo Gallardo bilan yaxshi munosabatda emas edi va italiyalikning kelishi uning faol oʻyinlar koʻrsatishiga sabab boʻlishi mumkin.
Avvalroq, “Real Madrid” sardori 24-yildan soʻng klubni tark etib, Saudiyaga yoʻl olgani haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring