Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish javobgarlikka sabab boʻladi
“Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–743-son, 11.01.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:
— oʻsimliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yoʻq qilish chogʻida buzish – fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga 5 baravarigacha (1 mln 350 ming soʻmgacha);
— karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekistonga olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish – fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 350 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga 10 baravarigacha (2 mln 700 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, fitosanitariyaga oid yuqori xavfga ega boʻlgan karantin ostidagi mahsulotni, shu jumladan ekish, payvandlash, koʻpaytirish uchun moʻljallangan ekish materiallarini xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonda yashovchi fuqarolarga pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborish, shu jumladan bagajda va qoʻl yukida olib oʻtish taqiqlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring