Kanpirdevor qalʼasi haqida nimalarni bilasiz?
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan. Yodgorlik V-VI asrlarga oid boʻlib tarixi aynan Eftaliylar davriga borib taqaladi.
Kanpir devor (Devori kanpirak) atamasi Oʻrta Osiyoda dehqonchilik vohalarini koʻchmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo etilgan mudofaa inshootlari tizimini anglatadi.
“Kanpir devor” soʻzining maʼnosi qazilgan choh demakdir. Talaffuzda “n” bilan “m” almashuvi kuzatiladi. “Pir” boʻgʻini esa qadimgi payrya – aylana, oʻrov maʼnosida. Demak, kan(m)pir soʻzining oʻzi handaqli devor degani. Devor soʻzi kanpir soʻzining tub maʼnosi unutilganda qoʻshilgan.
Arxeolog va tarixchi olimlarning fikricha, ilk oʻrta asrlarda beshta Kanpirak devori mavjud boʻlgan. VI asrning boshlari va oʻrtalarida Eftaliylar davlati uchun eng katta xavf Eron Sosoniylar davlati va Buyuk Turk hoqonligi tomonidan solinmoqda edi. Aynan shu sabablar Kanpirak devori qurilishiga turtki boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring