Kann xalqaro kinofestivalining ikki karra sovrindori Frederik Obyurten Oʻzbekiston pavilyonida boʻldi

17:40 05 Iyun 2023 Madaniyat
519 0

76-Xalqaro Kann kino festivali amaliy uchrashuv, suhbat va taqdimotlarga boy oʻtmoqda. Avval taʼkidlaganimizdek, mazkur festival doirasidagi koʻrgazmalar imkoniyatlar namoyishiga yoʻl ochmoqda.

Jumladan, Fransiyalik taniqli rejissyor, Kann xalqaro kinofestivalining ikki karra sovrindori Frederik Obyurten bilan Oʻzbekistonda badiiy filmni tasvirga olish uchun qiziqarli lokatsiyalar, Toshkent xalqaro kinofestivali, yosh kinoijodkorlar uchun master-klass va kreativ vorkshoplar toʻgʻrisida suhbatlashildi.

“Oʻzbekistonning boy madaniy tarixi, oshxonasi haqida maʼlumotim bor edi. Bugungi muloqotlarda kino sohasidagi hamkorlik uchun ham juda yaxshi imkoniyatlar bor ekaniga amin boʻldim. Kelajakdagi hamkorlik masalasida maʼlum fikrlar mushtarak nuqtani topdi, deb oʻylayman”, dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер