Kanadada avtomobil olomonni bosib ketdi, qurbonlar bor
Kanadaning Vankuver shahrida filippinliklar diasporasi tomonidan tashkil etilgan festival vaqtida avtomobil odamlarni bosib ketdi. Shahar politsiyasi rasmiy X sahifasida yozishicha, hodisa oqibatida 9 kishi halok boʻlgan.
Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 26-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida yuz bergan. Bu vaqtda filippinliklar har yili oʻtkaziladigan Lapu-Lapu kuni munosabati bilan tashkil etilgan festivalda ishtirok etayotgan boʻlgan.
Tadbir davomida qora rangli yoʻltanlamas mashina bostirib kelgan va olomonni bosib ketgan. Oqibatda 9 kishi halok boʻlgan, yana 5 kishi jarohatlangan. Mazkur jinoyatni sodir etgan 30 yoshli haydovchi politsiya tomonidan qoʻlga olingan.
“Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlangan. Hozircha hodisa terakt sifatida baholanmayapti”, deyiladi mahalliy rasmiylar tomonidan eʼlon qilingan xabarlarda.
Voqea joyida boʻlgan fudtrak egasi radioeshittirish dasturida, festivaldagi soʻnggi chiqish tugagach, avtomobil tor koʻcha boʻylab katta tezlikda harakatlangani va toʻgʻridan toʻgʻri yigʻilganlarni bosib keta boshlaganini aytib bergan.
Uning soʻzlariga koʻra, mashina taxminan 100 km/soat tezlikda harakatlangan. Haydovchi mashinani toʻxtatib, qochishga uringan, biroq uni atrofdagilar ushlab olgan.
Maʼlumot uchun, Lapu-Lapu filippinliklar tomonidan har yili 27-aprelda nishonlanadigan bayram hisoblanadi. U 1521-yil (XVI asrda)da ispan mustamlakachilari ustidan qozonilgan gʻalaba sharafiga nishonlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring