Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bunga sabab nima?
53 yoshli vazir Jastin Tryudo dushanba kuni isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. U Liberal partiya yangi yetakchini saylagandan keyin oʻz lavozimini tark etadi.
Tryudo kuz oylarida boʻlib oʻtadigan umumiy federal saylovlar oʻtkazilishini isloh qila olmayotganidan afsusda ekanligini bildirgan.
Aslini olganda, uning isteʼfoga chiqishida xuddi shu masala sabab deya koʻrilmoqda. 11 yil davomida Liberal partiya rahbari va toʻqqiz yil bosh vazir boʻlgan Tryudo Donald Trampning tarif boʻyicha tahdidlaridan tortib, asosiy ittifoqchilarning isteʼfosi va halokatli ijtimoiy soʻrovlargacha boʻlgan inqirozlarga duch keldi. Uning isteʼfosi aynan shu yil oxirida boʻlib oʻtishi kutilayotgan saylovlarda yutqazishdan oldingi “sakrash” sifatida namoyon boʻlmoqda.
Tryudo 2015-yilda Kanadaga kattadan-katta oʻsishlarni vaʼda qilgan. U iqlim oʻzgarishlari va tubjoy xalqlarga nisbatan zoʻravonlik kabi muammolar bilan yaxshi ishladi. Shunga qaramay, uning faoliyatida soʻnggi yillar iqtisodiy noroziliklar kuchayishi bilan koʻzga tashlanadi.
Bundan avvalroq Donald Tramp Kanadadan AQSHga kiruvchi barcha mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etish haqidagi farmonni imzolashini aytgandi. Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Tryudo va Kanada mamlakatini kamsitib, bosh vazirni “Buyuk Kanadaning gubernatori” deb atagan.
Bu isteʼfodan keyin Tramp Kanada va AQSHning birlashishi kerakligi haqidagi fikrini ikki baravar kuchaytirdi. U Kanada 51-shtat boʻlishi aholiga najot yoʻli boʻladi degan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring