Kaliningraddagi vatandoshimizga yordam berildi

11:25 17 Iyun 2022 Jamiyat
348 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga Kaliningrad shahrida yakka tadbirkor korxonasida oddiy ishchi vazifasida ishlab kelgan fuqaro D.X. murojaat qildi.

Oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, yurtdoshimizning hujjatlari moliyaviy qarzdorligi sabab tadbirkor tomonidan olib qoʻyilgan.

Vakolatxona xodimlari Sovetskiy tumani politsiya boʻlimi bilan hamkorlikda fuqaroga pasportini olib berdi.

Shu bilan birga, yurtdoshimiz Kaliningrad shahridagi oʻzbek diasporasi bilan hamkorlikda vaqtincha yashash hamda ish joyi bilan taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?