Kaliforniya universiteti xodimlari Tramp maʼmuriyatiga qarshi sudga murojaat qildi
Kaliforniya universiteti xodimlari AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatiga qarshi 1,2 milliard dollarlik jarima yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Federal sudning Kaliforniya shimoliy okrugiga yuborilgan kollektiv arizada taʼkidlanishicha, Tramp maʼmuriyati universitetni noqonuniy tarzda ideologik nazoratga olishga urinayotgani, konstitutsiyaviy huquqlarni buzgani va ish oʻrinlariga tahdid solayotgani qayd etilgan. Jumladan, tadqiqot grantlari toʻxtatilib, oʻquv dargohidan 1,2 milliard dollar toʻlov talab qilinmoqda.
Daʼvogarlar fikricha, Tramp maʼmuriyati universitetning kundalik boshqaruvini oʻz qoʻliga olishni koʻzlamoqda, hatto tizimning yillik federal mablagʻlanishini 17 milliard dollarga qisqartirish bilan ham tahdid qilmoqda.
Universitet prezidenti Jeyms Milliken grantlarning 500 million dollardan ortiq qisqartirilishi va jarima qoʻllanishi butun taʼlim tizimi uchun halokatli xavf ekanini taʼkidladi. Shu bilan birga, universitet rahbariyati hozircha Tramp maʼmuriyatiga qarshi mustaqil sud daʼvosini qoʻzgʻatishdan tiyilib turibdi.
Maʼlumot uchun, AQSH hukumati universitetga nisbatan moliyalashtirishni Falastinni qoʻllab-quvvatlash namoyishlari sababli toʻxtatgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring