Yozef Sikela hamda Marta Kos boshchiligidagi delegatsiya Shavkat Mirziyoyev qabulida boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro sherikliklar boʻyicha komissari Yozef Sikela hamda Kengayish masalalari boʻyicha komissari Marta Kos boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni joriy yil oktyabr oyida Bryusselga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yevropa Ittifoqi vakillari Oʻzbekiston Prezidentiga Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning samimiy salomlarini yetkazdi.
Oʻzbekiston yetakchisi yevrokomissarlarni Toshkentda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” uchinchi iqtisodiy forumi va Transkaspiy transport yoʻlagi va oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha investorlar forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani hamda yakunda mintaqaviy miqyosdagi bir qator yangi qoʻshma loyihalar ishga tushirilgani bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston – Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, ikki va koʻp tomonlama hamkorlikning yangi keng qamrovli kun tartibi shakllangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bu yil Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (KSHHB) imzolandi, Samarqand va Bryusselda sammitlar boʻlib oʻtdi, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar yakunlandi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga oʻsdi. KSHHBning amaliyotga joriy etilishi savdo hajmi va investitsiyalar oqimining sezilarli darajada oshishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Savdoni kengaytirish va diversifikatsiya qilish uchun hamkorlikning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, raqamlashtirish, muhim minerallar, energetika, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor sohalarda hamda yangi qoʻshma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring