Yoʻlovchi uchun qulaylik: Samarqandda ham jamoat transportida naqd toʻlovdan voz kechilmoqda

13:09 17 Noyabr 2025 Jamiyat
174 0

Samarqand shahrida yoʻlovchi transportida toʻliq naqd pulsiz toʻlov tizimiga oʻtish boʻyicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu yoʻlovchilarga qulay va zamonaviy xizmat koʻrsatish hamda transport tizimining shaffofligini oshirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.

Jamoat transportidan foydalanishni yanada yengillashtirish maqsadida shahar avtobus bekatlarining 80 foizdan ortigʻiga toʻlov terminallari oʻrnatilgan. Agar yoʻlovchida ATTO transport kartasi yoki bank plastik kartasi mavjud boʻlsa, bir martalik chipta xarid qilish shart emas.

Tez va qulay naqd pulsiz toʻlovning afzalliklari shundaki, mayda pul izlash yoki qaytim kutish shart emas, barcha toʻlovlar avtomatik tarzda qayd etiladi. Shuningdek, elektron toʻlov xalqaro standartlarga mos boʻlib, yoʻlovchilarga yanada qulaylik yaratadi.

Bugungi kunda yoʻlovchilarga transport kartalari, bank kartalari orqali va mobil ilovalar yordamida toʻlov qilish imkoniyatlari taqdim etilgan.

Naqd pulsiz toʻlovga oʻtish Samarqand transport tizimini yanada samarali, zamonaviy va yoʻlovchi uchun qulay qilishga xizmat qiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?