Yoʻllardagi yashirin radarlar qanchalik qonuniy?
Yoʻl patrul xizmati xodimlari faoliyat davomida amal qilmayotgan yana bir munozarali holat bor, Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, YPX xodimi oʻz xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda, Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan ekipirovkada oshkora usulda amalga oshirishi kerak. Yoʻllarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi, deyilgan.
Ammo amaliyotda buning aksini koʻryapmiz, maxsus moslamalar ekipirovka qilinmagan yengil avtomobillarga oʻrnatilgan holda yashirin usulda xizmat oʻtamoqda. Shuningdek, koʻchma maxsus moslamalar yoʻllarda yashirin ravishda oʻrnatilgan holatlari kuzatildi. Ochigʻini aytish kerak, “Neksiya-3” avtomobiliga radar oʻrnatib, berkinib “oʻlja poylash”dan kim manfaatdor? Xalqmi yoki YHXB? Bu bahsli va aniqlashtirilishi zarur boʻlgan masala, deb hisoblaymiz. Mazkur talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega boʻlmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi, deb mustahkamlab qoʻyilgan. Eng yomoni meʼyoriy hujjatlar va real hayotdagi nomutanosibliklar minglab fuqarolarning nohaq jarima toʻlishiga olib kelmoqda, tegishli sud qarorlari buni tasdiqlaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi Hukumatga quyidagi qatʼiy takliflarni bildiradi:
Birinchidan, yoʻl harakati qoidalari chuqur tanqidiy-tahlildan oʻtkazilishi va shu asosda ularga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritilishi zarur.
Ikkinchidan, avtomobillarda harakatlangan holda maxsus moslamalar bilan tezlikni nazorat qilish amaliyotiga butunlay chek qoʻyish zarur.
Uchinchidan, nafaqat statsionar, balki barcha turdagi radarlarning joylashuvi onlayn rejimda koʻrsatilishi kerak.
Toʻrtinchidan, yoʻllarga radarlarni joylashtirish mezonlari qatʼiy belgilab qoʻyilishi lozim.
Mana shu masalalar hal qilinmasa, radarlar haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligi uchunmi yoki koʻproq jarimalar yigʻish uchunmi, degan savol ochiq qolaveradi.
Sherzod Rahmonov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring