“Johnson & Johnson” 70 million doza foydalanishga yaroqsiz vaksina ishlab chiqargan — OAV

11:04 08 May 2021 Dunyo
840 0

Amerikaning “Johnson & Johnson” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasining taxminan 70 million dozasi yaroqsiz ekani maʼlum boʻlgan. Bu haqda AQSH mutasaddi idorasi maʼlumotiga tayanib, “The New York Times” xabar bermoqda.

Ushbu vaksinalar Merilend shtatining Baltimor shahridagi “Emergent BioSolutions” zavodida ishlab chiqarilgan. Xuddi shu yerda “AstraZeneca” (Angliya-Shvetsiya) kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi ham tayyorlanadi.

Taʼkidlanishicha, dezinfeksiyadan oʻtmagan xodimlar tomonidan vaksinalarga zarar yetkazilgan boʻlishi mumkin. Ayni paytda ularni yoʻq qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?