Yil yakuniga qadar bitiruvchilarning 50% dan koʻproq qismi ish bilan taʼminlangan

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2024-yil dekabr holatiga koʻra, oliy taʼlim muassasalari va professional taʼlim bitiruvchilarining yarmidan koʻprogʻi ish bilan taʼminlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, 194 417 nafar oliy taʼlim bitiruvchisidan 113 856 nafari (58,6%), 147 900 nafar professional taʼlim muassasalari bitiruvchisining 74 403 nafari (50,3%) bandligi taʼminlangan.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtab mehnat bozoriga qaytayotgan yoshlarning bandligi boʻyicha ham ishlar olib borilgan. 2024-yilda 24 545 nafar yosh xizmatni tugatgan boʻlib, ulardan:
— 17 787 nafari doimiy ish bilan taʼminlandi;
— 1 279 nafari harbiy qismlarda xizmatini davom ettirmoqda;
— 2 047 nafari oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan.
Yoshlarning bandligini taʼminlashda 8 ta asosiy instrumentdan foydalanilmoqda:
1. “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali boʻsh ish oʻrinlariga yoʻllanmalar berish.
2. Kasb-hunar markazlarida kasbiy koʻnikmalar oʻrgatish.
3. Subsidiya ajratish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash.
4. Jamoat ishlariga jalb etish.
5. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali imtiyozli kreditlar berish.
6. Yer maydonlarini onlayn auksion orqali ijaraga berish.
7. Ishsizlik nafaqasini toʻlash orqali yoshlarni ijtimoiy himoya qilish.
8. Xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatiga yuborish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring