Yil yakuniga qadar 5 747 ta moddiy madaniy meros obyekti pasportlashtiriladi

15:52 02 Noyabr 2021 Madaniyat
1030 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boshlandi. Unda deputatlar “Turizm, sport va madaniy meros sohalarini raqamlashtirish hamda sohaga davlat-xususiy sheriklikni joriy etish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi masalani muhokama qilmoqdalar.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunga qadar Madaniy meros koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga 8210 ta madaniy meros obyekti kiritilgan. Shundan, 4 788 ta arxeologiya, 2 267 ta arxitektura, 530 ta diqqatga sazovor obyektlari hamda 625 tasi mahobatli sanʼat yodgorliklari hisoblanadi.

Turizm va sport vazirining birinchi oʻrinbosari U. Azamov maʼlumotlariga koʻra, mavjud moddiy madaniy meros obyektlarining 35 foizi, yaʼni 2 873 ta obyekt pasportlashtirildi. Bunda obyektlar toʻgʻrisidagi tarixiy maʼlumotlar, ularning kadastr hujjatlari, geoxaritasi, fotosuratlari hamda tasniflari yigʻma jildlari shakllantirildi. Ushbu jarayon davom ettirilib yil yakuniga qadar umumiy 5 747 ta obyekt pasportlashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?