“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi qanday tashkil etiladi?
Taʼlim nazorati Telegram-kanali “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi qanday tashkil etilishi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomga asosan tanlovining ikkinchi bosqichi joriy yilning fevral oyida tashkil etiladi.
Bunda ikkinchi bosqichga oʻtgan nomzodning oʻz fanidan dars oʻtish mahorati hakamlar hayʼati, shuningdek, pedagoglarning ovoz berish yoʻli orqali baholanadi.
Sinov darslari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan maktablarda tashkil etiladi. Mazkur maktablardagi sinflar hakamlar hayʼati tomonidan nomzod dars beradigan fan boʻyicha qurʼa tashlash yoʻli bilan, shuningdek, dars mashgʻulotlari mavzulari tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olinadi.
Nomzod tomonidan oʻtilgan dars mashgʻulotlari hakamlar hayʼati tomonidan 60 ballik tizim asosida baholanadi. Shuningdek, mazkur dars mashgʻuloti videoyozuvlari maxsus platformaga joylashtiriladi hamda ishtirokchi istiqomat qilayotgan hudud pedagoglari tomonidan 40 ballik tizim asosida ovoz berish yoʻli orqali baholanadi.
Ikkinchi bosqich yakuniy natijalariga koʻra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball toʻplagan 2 nafardan nomzod tanlovning uchinchi bosqichiga oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring