“Yil oʻqituvchisi” tanlovida nomzodlarning sinov darslari oʻtkaziladigan maktablar roʻyxati eʼlon qilindi

17:45 06 Fevral 2026 Jamiyat
271 0

Ishtirokchilar ushbu roʻyxat asosida oʻz tuman (shahar) hududi qaysi maktabga biriktirilganligi va tegishli fan boʻyicha qaysi mavzularga tayyorlanib borishlari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari mumkin boʻladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 4-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichida nomzodlarning sinov darslari oʻtkaziladigan maktablar va ularga biriktirilgan tuman (shahar)lar roʻyxati tasdiqlandi.

Tanlov ishtirokchilari ushbu roʻyxat asosida oʻz tuman (shahar) hududi qaysi maktabga biriktirilganligi va shu maktab dars jadvali orqali tegishli fan boʻyicha qaysi mavzularga tayyorlanib borishlari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, 2026-yil uchun “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari haqida maʼlumot berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?