Yigʻilishda Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy koʻrib chiqildi
“Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi koʻrinish uchun, ular nimani bersa, shuni koʻtarib kelmasdan, masalalarni oʻrganib, aybdorlarni jazolash boʻyicha nega taklif kiritmaydi?”, - dedi davlatimiz rahbari.
Faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning oʻzida tugatishga qaror qilindi.
Shu bois ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi.
Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi masʼul boʻladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablagʻlarni faqatgina toʻgʻri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi boʻlganini ham oʻrganadi.
Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, “aravasini tortmayotgan” rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar boʻyicha oʻz taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring