Yil yakuniga qadar chorva va parranda go‘shti ishlab chiqarishga byudjetdan 230 milliard so‘m subsidiya ajratiladi

18:46 09 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
163 0

Yig‘ilishda parrandachilikda ozuqa masalasi mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bermayotgani ta’kidlandi.

Narx barqarorligini ta’minlash maqsadida yil yakuniga qadar chorva va parranda go‘shti ishlab chiqarishga byudjetdan 230 milliard so‘m subsidiya ajratiladi, don mahsulotlarini saqlash uchun 8 ta yirik omborxona tashkil etiladi.

Parrandachilikni kengroq kreditlash muhimligi qayd etildi.

Mamlakatimizda birinchi tartibli parranda naslining ota-onalik liniyasi yo‘qligi bois, yiliga 3 million bosh jo‘ja import qilinmoqda. Shu munosabat bilan birinchi tartibli ota-onalik sof liniyasini olib kelish choralarini ko‘rish topshirildi. 

Kelgusi yilda 1 million tonna baliq yetishtirish zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga Cloveniya tajribasi asosida 50 ta zamonaviy kichik hovuzlarni ishga tushirish, 35 ming gektar sun’iy havzalarga aerator o‘rnatib, hosildorlikni 3-4 barobar oshirish, xonbaliq, losos, osyotr kabi sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklarni 35 taga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер