Investitsiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyiha tezlashtiriladi va 12,1 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
Yig‘ilishda investitsiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyihani tezlashtirish va 12,1 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi.
Jumladan, davlat investitsiya dasturi doirasida 11,5 milliard dollarlik 272 ta yirik loyihani muddatidan oldin foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi.
Bunda har bir loyihaga biriktirilgan vazir, vazir o‘rinbosarlari, bank rahbarlari mas’ul va javobgar bo‘ladi. Umuman, hududlardagi 89 ta yirik loyihani muddatidan oldin ishga tushirish uchun infratuzilma masalasi hal qilib beriladi.
Bu yil infratuzilmaga byudjetdan 1,2 trillion so‘m ajratilmoqda. Bu yetarli emasligi qayd etilib, infratuzilmaga yana 100 million dollar yo‘naltirishga qaror qilindi.
Hududlarda 1 ming 200 ta loyiha doirasida 4,6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish zarur. Bunda, loyihalar 3 ta toifaga ajratilib ular bilan manzilli ishlanadi.
Tegishli hukumat komissiyasiga vazir va tarmoq rahbarlari bilan birga har bir loyihani ichiga kirib, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni jadallashtirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring