Osiyo oʻyinlarida Rustam Jangaboyev Oʻzbekiston hisobiga yana bir medalni taqdim etdi
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston ogʻir atletika jamoasi aʻzosi Rustam Jangaboyev bronza medalini qoʻlga kiritdi.
105 kg.dan ogʻir vazn toifasidagi ogʻir atletikachilar bahsida Jangaboyev dast koʻtarishda 203 kg, siltab koʻtarishda 252 kg ogʻirlikdagi toshni oʻziga boʻysundirdi va 455 kg natija bilan uchinchi oʻrinni egalladi.
Oltin va kumush medallarni Eron terma jamoasi vakillari qoʻlga kiritishdi. Behzod Salimikordasiyobi 461 kg (208+253) bilan oltin, Sayid Alihusayniy esa 456 kg (208+248) bilan kumush medaliga ega chiqdi.
Ushbu medaldan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 29taga yetdi. 6 oltin, 11 kumush va 12 bronzaga ega boʻlib turgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy reytingda hamon 10-oʻrinda qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring