Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “margimush qabristoni” toʻgʻrisidagi xabarlar rostmi?

12:15 30 Iyul 2025 Jamiyat
197 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 4,1 milliard soʻm mablagʻ boshqa maqsadlarga ishlatib yuborilgani hamda Toshkent viloyatidagi “margimush qabristoni” tahlikaliligicha qolayotgani toʻgʻrisidagi xabarlarga Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, obyekt doimiy nazoratga olingan hamda uning hozirgi holati tahlikali ekani haqidagi tarqalgan xabarlar asossiz.

“Ijtimoiy tarmoq vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikdan bu kabi xabarlarga ishonmaslikni, ularni tarqatishdan oldin toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligiga aniqlik kiritishlarini soʻraymiz. Agentlik ochiq muloqotga har doim tayyor”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, margimush obyektining atrof-muhit hamda aholiga salbiy taʼsiriga chek qoʻyilgani hamda hudud atrofi beton toʻsiqli devorlar bilan oʻralib, konservatsiya qilingani va hudud boʻylab sim yogʻochlar oʻrnatilgani maʼlum qilindi. Shuningdek, obyektning ustki qismiga toza inert tuproq yotqizilgan va devor qismiga yomgʻir va oqova suvlarini hamda nam massani oʻtkazmaslik maqsadida burgʻilash (teshish) ishlari amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер