Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan “perevod” qilish haqida soxta hujjat tarqalmoqda — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan oʻqishni “perevod” qilish haqida soxta hujjat tarqalayotgani haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov imzosi tushirilgan xat va undagi maʼlumotlar hech qanday asosga ega emas, yolgʻon.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!
Har xil soxta axborotlarga ishonib qolmasliklaringizni yana bir bor soʻrab qolamiz va oliy taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirishga doir har qanday xabarning haqiqiyligini avval vazirlikning telegramdagi @eduuz rasmiy kanali orqali tekshirib koʻrishingizni tavsiya etamiz.
Shu bilan birga, asossiz va yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatib oʻtamiz" deyiladi axborotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring