Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan muammoga Senat qoʻmitasi tashabbusi bilan yechim topildi

Kuni kecha ekolog.uz telegram kanalida eʼlon qilingan “Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan 49-oilaviy poliklinika yonida chiqindilar toʻplanmoqda” sarlavhali murojaatga asosan Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi ekspertlar guruhi aʼzolari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari, jamoatchilik tashkilotlari vakillari tomonidan joyiga chiqib oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
Oʻrganishlar jarayonida xabarda keltirib oʻtilgan holatlar oʻz tasdigʻini topdi. Yaʼni, Toshkent shahar, Yunusobod tumani Amir Temur shoh koʻchasi, 117-uyda joylashgan Yunusobod tuman obodonlashtirish boshqarmasi avtoturargohi hududida chiqindilar noqonuniy ravishda joylashtirilganligi, bu esa oʻz navbatida atrof muhitga va insonlar salomatligiga salbiy taʼsir etayotganligi aniqlandi.
Masʼullar tomonidan holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha amaliy choralar koʻrildi. Kelgusida bunday holatga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ayni paytda mazkur masala ijobiy hal etilib, hudud tartibga keltirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring