Ijtimoiy karta tajriba-sinov bosqichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida joriy etildi

Ijtimoiy karta tajriba-sinov bosqichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida joriy etildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Bunda, ijtimoiy karta 2024-yilning dekabr oyidan boshlab yangi tayinlangan 9 turdagi ijtimoiy toʻlovlar oluvchi shaxslarga taqdim etilmoqda. Ular — 1) kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, 2) kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam, 3) yoshga doir nafaqa, 4) nogironlik nafaqasi, 5) yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oylik moddiy yordam, 6) nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqalari, 7) nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqa, 8) protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher, 9) boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi.
Ushbu shaxslarga ijtimoiy kartalar bepul beriladi va dastlab toʻlov vositasi (bank kartasi) funksiyasini bajaradi.
2025-yil 1-apreldan boshlab ushbu hududlar boʻyicha yana qoʻshimcha 2 turdagi ijtimoiy toʻlovlar, yaʼni homiladorlik va tugʻish nafaqasi hamda “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan toʻlanadigan bir martalik moddiy yordamlar ijtimoiy karta orqali toʻlab beriladi.
Ijtimoiy karta 2025-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlariga joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring