Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxati tuziladi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi. Bu haqda OʻzA xabar qildi.
Unga koʻra, 2025-yilda kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish boʻyicha ishchi guruh tuzilib, maxsus reja-grafik tasdiqlandi.
Endilikda har oy hududlarda ushbu rejaga muvofiq ishlar tashkil etilib, ijtimoiy yordamga muhtoj ayollarning muammolariga yechim topish choralari koʻriladi.
Shuningdek, xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Xoʻjayli tajribasi” butun respublika boʻylab joriy etildi. Pilla yetishtirish sohasida ishlashni xohlagan xotin-qizlar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilib, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring