Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining mualliflik huquqlari mustahkamlanmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Mazkur Konvensiya ahdlashuvchi davlatlarda ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ularga oʻz huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish orqali himoya qilishga qaratilganligi qayd etildi.

Hozirgi vaqtda 100 ga yaqin davlat, shu jumladan, bir qator MDH davlatlari Konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.
Muhokama chogʻida Konvensiyaga qoʻshilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilgʻor, xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek, Oʻzbekistonning nufuzini oshirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.
Qonun Senat tomonidan maʼqullandi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring