Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi takomillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida “Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 431 hamda 432-moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Majlisda keyingi yillarda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotini keng isloh qilish, amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari doirasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi qayd etildi.
Ayniqsa, zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalangan holda ijro tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilish hamda ijro ishi yurituvida turli byurokratiya va sansalorliklarga chek qoʻyishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilib kelinayotganligi taʼkidlandi.
Ushbu Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar toʻlovi yuzasidan qarzdorlikni, koʻp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutilmoqda.
Senatorlar ushbu Qonunning tatbiq etilishi qarzdorliklarni soddalashtirilgan tartibda undirish koʻlamini yanada kengaytirishga, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv samaradorligi va tezkorligining oshirishga hamda Majburiy ijro byurosi xodimlarining (davlat ijrochilarining) ish yuklamasini kamayishiga xizmat qilishini taʼkidladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring