Ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF-1-son, 03.01.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-maydan:
— sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi;
— fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi;
— ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari boʻyicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etiladi.
2024-yil 1-dekabrdan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlovchi “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi.
2024-yil 1-apreldan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
2024-yil 1-martgacha ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi.
Majburiy ijro byurosiga asosiy faoliyati voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoʻshimcha 230 ta davlat ijrochisi shtat birligi ajratiladi.
Markaziy apparatning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi tarkibida Monitoring markazi tashkil etiladi.
Markaziy apparatda Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish boʻlimi, Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish shoʻbasi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring