Italiyaning etakchi kompaniyalari Oʻzbekistonning gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishda ishtirok etadi

“Hududgaztaʼminot” AJ va Italiyaning yetakchi kompaniyalari oʻrtasida mamlakatimiz gaz taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish va ilgʻor xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan bir qator bitim va shartnomalar imzolandi.
Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan “Pietro Fiorentini S.p.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyiha “SACE” (Italiya) davlat eksport-kredit agentligi tomonidan 200 million yevro miqdorida jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, “HGT Training” oʻquv markazi negizida gaz sohasi uchun ilgʻor Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi tashkil etiladi.
Taʼkidlash joizki, “Pietro Fiorentini S.p.A” kompaniyasining 4 ta gaz taqsimlash punktlari tajriba-sinov tariqasida fuqarolarning eng koʻp murojaatlari kelib tushgan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Kattahovuz” mahallasida joriy etildi. Natijada, ushbu mahallaning gaz taʼminoti tizimini tartibga solinib, 305 ta aholi xonadoni hamda 5 ta ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash va real vaqt rejimida texnologik jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring