Italiyada oʻtayotgan xalqaro turnirda ikki nafar bokschimiz Parij Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
Arxiv foto
Shu kunlarda Italiyada boks boʻyicha Parij Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi xalqaro turnir oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Xususan, musobaqada -63,5 kg vazn ishtirok etayotgan Ruslan Abdullayev Olimpiada yoʻllanmasini beruvchi bellashuvda serbiyalik Aleksey Shendrikni 3:1 hisobida magʻlub etdi.
Yana bir bokschimiz Lazizbek Mullojonov (-92 kg) esa har toʻrt yillikning nufuzli musobaqasi yoʻllanmasi uchun kechgan bahsda gruziyalik Georgi Kushitashvilini 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Bokschi qizlarimizdan Navbahor Hamidova (-66 kg) Olimpiada yoʻllanmasi uchun kechgan bellashuvda Dominikan Respublikasi vakilasi Maria Moronta Ernandezga, Aziza Zokirova (-75 kg) esa Buyuk Britaniyadan kelgan Chantelle Reydga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring