Italiyada fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini oʻgʻirlashga urinishlar koʻpaymoqda

10:14 13 Yanvar 2023 Dunyo
518 0

Foto: Arxiv surat

Italiyadagi axborot xavfsizligini taʼminlovchi kompaniyalardan biri “Uptycs” maʼlum qilishicha, oʻtayotgan hafta ichida mamlakat fuqarolari elektron pochtalari orqali nomaʼlum manzillardan «fishing» zararli havolalarni yuborish holatlari keskin koʻpaygan.

Bank karta va kripto-hamyon maʼlumotlarini toʻplovchi zararli havola bor yoʻgʻi 4 bosqichda toʻlaqonli ishga tushadi.

Unga koʻra, foydalanuvchi havolani ustiga bosganida “ZIP” arxivi koʻrinishidagi zararli dastur yuklanadi va u oʻrnatilgan qurilmadagi maʼlumotlarni sezdirmasdan nusxalab, belgilangan manzilga yuborib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?