Italiya Xitoyga yana yaqinlashmoqda
Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni iqtisodiy aloqalarni yaxshilash uchun Xitoyga tashrif buyurdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, Jorjiya ushbu lavozimni egallaganidan buyon Xitoyga ilk bor kelishi.
“Xalqaro miqyosda ishonchsizlik kuchayib bormoqda va menimcha, Xitoy ushbu dinamikani hal qilishda muhim rol oʻynaydi”, degan Meloni Pekindagi uchrashuvda. Shuningdek, u ikki davlat barqarorlikni va tinchlikni qanday kafolatlash haqida birgalikda oʻylashlari kerakligini qoʻshimcha qilgan.
Meloni oʻtgan yil oxirida Pekinning “Bir kamar va bir yoʻl” loyihasini tark etgani sababli keskinlashgan aloqalarni qayta tiklashga vaʼda berdi. Xitoy rahbari oʻz navbatida Pekin va Rim oʻrtasidagi koʻp yillik, doʻstona aloqalarni olqishlagan.
2019-yilda Italiya Osiyo, Afrika va Yevropani bogʻlash uchun transport hamda raqamli infratuzilmani barpo etuvchi “Bir kamar va bir yoʻl” tashabbusiga qoʻshilgan G7 davlatlari ichida yagona aʼzo edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring