Italiya Bosh vaziri ham Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

12:00 25 Iyul 2025 Siyosat
115 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelishda davom etmoqda:

Hurmatli Prezident janoblari!

Menga va men boshchiligimdagi delegatsiyaga Oʻzbekistonga soʻnggi tashrifim chogʻida koʻrsatilgan samimiy qabul uchun Sizga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, Samarqand kabi tarixi boy va ming yillik madaniyat timsoli boʻlgan shaharning goʻzalligini oʻz koʻzim bilan koʻrish baxtiga musharraf boʻlganimdan juda mamnunman. Bu imkoniyat Siz va oʻzbek xalqi tomonidan koʻrsatilgan buyuk mehmondoʻstlik tufayli amalga oshdi.

Biz oʻzaro manfaatli barcha masalalar yuzasidan samarali muhokamalar oʻtkazganimizdan mamnunligim va minnatdorligimni bildirmoqchiman. Biz oʻz mamlakatlarimizni bogʻlab turuvchi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida ish olib bormoqdamiz. Imzolangan kelishuvlar soni va ahamiyati, shubhasiz, ikki tomonlama hamkorligimiz chuqurligi va keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Biz uni yanada kengaytirish niyatidamiz.

Shu munosabat bilan, oldin belgilab olgan harakatlar rejasiga muvofiq, muhokama qilingan barcha masalalar boʻyicha amaliy ishlar boshlanganidan xursandman. Xususan, Strategik muloqot va Qoʻshma komissiyani belgilash, shuningdek, muhim sohalar, jumladan, madaniyat, kasbiy tayyorgarlik, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlar olib borilayotgani haqidagi yangiliklar meni mamnun qildi.

Bu ishlar amalga oshirilishida qatʼiy harakat qilib, ularni muvaffaqiyatli bajarish orqali Oʻzbekiston kabi oʻziga xos sherik bilan strategik aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirish niyatidaman. Shu bilan birga, mintaqaviy hamkorlik sohasidagi faoliyatni ham qoʻllab-quvvatlayman. Shu munosabat bilan “1+5” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etganingiz uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

Yana uchrashish umidida, ushbu imkoniyatdan foydalanib, Sizga samimiy tilaklarimni va tugʻilgan kun munosabati bilan tabrigimni izhor etaman.

Siz bilan tez orada yana koʻrishishga umid qilaman!

Jorja Meloni,

Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер